Samarqandda «razborka»ga chiqqan 16 kishi qo‘lga olindi
IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, Paxtachi tumani «Qoraqo‘ton» ma’danli maydonida hudud talashib, ko‘cha tili bilan aytganda «razbor» o‘tkazilishi aniqlangan.
Ma’lumotga asosan, Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Paxtachi tumani «Qoraqo‘ton» ma’danli maydonida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullanuvchi 2 guruh o‘rtasidagi mazkur janjalning oldi olindi.
Tezkor tadbir davomida 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter