Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida yuk mashinasi «Matiz»ni jarlikka tortib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi «Matiz»ni jarlikka tortib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi.

Hodisa 31 iyul kuni soat 16:00 larda A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 242 kilometrida yuz bergan. Toshkent—vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, «Kobalt» va «Matiz» avtomobillari bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Matiz» va yuk mashinasi jarlikka tushib ketgan. Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida har ikki avtomobilni chuqurlikdan olib chiqib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.

Hozirda tegishli tashkilot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring