Ko‘chada pichoq bilan yurgan shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Nazarbekda bir erkak mast holda, ko‘chada pichoq bilan yurgani» haqida video xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olinib, videoda ko‘rinish bergan shaxs tezkor ravishda IIO xodimlari tomonidan ushlanib, zararsizlantirilgan.
«U jarayonda hech kimni jarohatlamagan, atrofdagi fuqarolarga zarar yetmagan. Mast holda sodir etgan xatti-harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishildi», deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter