Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Egizaklar o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs 9 yilga qamaldi

Egizaklar o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs 9 yilga qamaldi

Xorazm viloyati Xiva tumanida 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Voqea 2023 yilning 15 dekabrida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi to‘yda spirtli ichimlik ichib rulga o‘tiradi va yo‘l chetida ketayotgan 3 nafar voyaga yetmagan piyodani urib yuboradi. Keyin u voqea joyidan qochib ketadi. Jabrlanuvchilarning 2 nafari (Hasan va Husan) voqea joyida halok bo‘ladi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi, 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tumani sudida haydovchi uzil-kesil 3 yilga transport vositalarini haydash huquqidan mahrum etilib, 9 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring