Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax yo‘lida «Kobalt» yondi

Jizzax yo‘lida «Kobalt» yondi

Bugun, 15 iyun kuni soat 12:50 larda, Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida harakatdagi avtomobilda yong‘in chiqdi.

Qayd  etilishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli, 85K600JA davlat belgili avtomashinasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, mator va salon qismi yongan.

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring