Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyada taksichi mashinada xudkush-terrorchini qamab qo‘yib, teraktning oldini oldi

Britaniyada taksichi mashinada xudkush-terrorchini qamab qo‘yib, teraktning oldini oldi

Foto: «Standard.co.uk»

Liverpulda taksi haydovchisi terrorchini mashinasiga qamab qo‘ydi, natijada portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Britaniyaning Sun tabloidi.

Gazeta taksi haydovchisi Deyv Perrini «Xotira kuni fojianing oldini olgan» qahramon deb atagan. Nashrning qayd etishicha, politsiya portlash terakt ekanligini boshida bilmagan, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari Liverpulda terrorchi deb taxmin qilingan uch nafar shaxsni qo‘lga olgan.

«Haydovchi hamkasbim bo‘ladi. U yo‘lovchining shubhali xatti-harakatlarini payqab, mashinadan sakrab tushgan. Bu yigit o‘zini portlatib yubordi, lekin do‘stimning ahvoli yaxshi», – dedi Perrining hamkasbi Stiven Tomas.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, hozir Perri kuyish va turli jarohatlar bilan shifoxonada davolanmoqda. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni mamlakatda halok bo‘lganlarni xotirlash kuni nishonlanayotganda Ayollar shifoxonasi yaqinida portlash sodir bo‘lgan edi. BBC News xabariga ko‘ra, tergovni shimoli-g‘arbiy aksilterror politsiyasi MI5 bilan hamkorlikda olib bormoqda. Bosh vazir Boris Jonson favqulodda xizmatlarga «tezkor javob va professionallik» uchun minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring