Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda ko‘pqavatli uy yonib ketdi, qurbon bor

Andijonda ko‘pqavatli uy yonib ketdi, qurbon bor

Andijonda ko‘pqavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi, oqibatda bir kishi qurbon bo‘lgan. 

Bugun, soat 18:13 da Andijon shahar «Iqbol» MFY, 39-ko‘pqavatli uyning 61- xonadonida gaz havo aralashmasining chaqnashi sababli yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 3 ta Yong‘in qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 1 nafar fuqaro jarohat olgan 1 nafar fuqaro vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring