Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yilning ilk super Oy hodisasi kuzatildi. Keyingi uchtasi qachon yuz beradi?

2024-yilning ilk super Oy hodisasi kuzatildi. Keyingi uchtasi qachon yuz beradi?

Toronto (Kanada)dagi CN tower minorasi super Oy fonida.

Foto: The Canadian Press/Frank Gunn

19-avgust oqshomida, soat 23:26 dan boshlab 2024-yilning ilk super Oy hodisasi boshlandi.

Bu paytda Oy odatdagidan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq ko‘rindi. Sababi — Oy va Yer o‘rtasidagi masofa qisqarib, 361 969 kilometrni tashkil etdi.

Chikagoliklar Michigan ko‘li bo‘yida super Oyni tomosha qilishmoqda.
Foto: AP Photo/Charles Rex Arbogast

Kamdan-kam kuzatiladigan holat — Oy ko‘kish tusga kirdi, bu vulqon otilishidan hosil bo‘lgan changlar bilan bog‘liq.

Antaliya (Turkiya) osmonida super Oy shunday ko‘rindi.
Foto: Turkish Insider

Bu yil super Oy hodisalaridan yana uchtasi yuz beradi: 18-sentyabr, 17-oktyabr va 15-noyabrda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring