Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Скачать ×

Pasporti bilan muammo bo‘layotgan abituriyentlar diqqatiga!

Pasporti bilan muammo bo‘layotgan abituriyentlar diqqatiga!

Foto: Xabar.uz

Ko‘pchilik abituriyentlar pasporti bilan muammosi borligi tufayli, onlayn ro‘yxatdan o‘ta olmayotgani haqida murojaat qilishgan edi. Bu haqda avvalroq kanalimda ham yozgandim.

Rasmiylarning xabar berishicha, bunday abituriyentlarning muammosi quyidagicha hal qilinadi:

1-toifa: yaqinda pasport olgan, lekin DTM saytida pasport ma’lumotlari ko‘rinmayotgani uchun ro‘yxatdan o‘ta olmayotganlar

O‘sha yangi olgan pasporti bilan o‘ziga eng yaqin istalgan OTMlardan biriga borib, ro‘yxatdan o‘tadi.

2-toifa: pasport olish yoshiga yetmaganlar

Ular avval o‘zining tumanidagi pasport stolga murojaat qilib, 09-shakl ma’lumotnoma oladi. So‘ngra o‘ziga eng yaqin istalgan OTMlardan biriga borib, ro‘yxatdan o‘tadi.

3-toifa: yaqinda pasport olish yoshiga yetgan, pasport olish uchun ariza topshirgan, ammo hali pasporti tayyor bo‘lmaganlar

Ular ham avval o‘zining tumanidagi pasport stolga murojaat qilib, 09-shakl ma’lumotnoma oladi. So‘ngra o‘ziga eng yaqin istalgan OTMlardan biriga borib, ro‘yxatdan o‘tadi. Agar ularga sal avvalroq 09-shakl ma’lumotnoma berilgan bo‘lsa, unda yana yangitdan olish shartmas, o‘sha berilgani bo‘yicha boraversin.

4-toifa: pasportini yo‘qotgan yoki shikastlagan, yangi pasport olish uchun ariza bergan, ammo hali pasporti tayyor bo‘lmaganlar

Ular ham avval o‘zining tumanidagi pasport stolga murojaat qilib, 09-shakl ma’lumotnoma oladi. So‘ngra o‘ziga eng yaqin istalgan OTMlardan biriga borib, ro‘yxatdan o‘tadi. Agar ularga sal avvalroq 09-shakl ma’lumotnoma berilgan bo‘lsa, unda yana yangitdan olish shartmas, o‘sha berilgani bo‘yicha boraversin.

Qanday hujjatlar kerak?

OTMga borib ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

1) pasport yoki 09-shakldagi ma’lumotnoma (originali)

2) maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi (originali)

3) agar bo‘lsa, imtiyoz qo‘llashga asos bo‘luvchi hujjatlarning originali (nogironlikni tasdiqlovchi, xorijiy til bilish sertifikati, tavsiyanomalar va h.k.).

Ro‘yxatdan o‘tish uchun boshqa hech qanday hujjat yoki fotosurat shart emas.

Eslatma: 20 iyul, dushanba – ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети