Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Скачать ×

O‘zbek diplomatiyasi estafetasi uzilmadi

O‘zbek diplomatiyasi estafetasi uzilmadi

Bugungi farmon bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va unga vaqtincha O‘zbekistonning tashqi siyosatiga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.

Vladimir Norov O‘zbekiston tarixida Abdulaziz Komilovdan so‘ng eng ko‘p muddat tashqi ishlar vaziri bo‘lgan inson. U 2006-2010 yillarda salkam 5 yil TIV rahbari bo‘lgan. Umuman olganda Norov o‘zbek diplomatiyasi maktabida katta o‘rin tutadi, ko‘plab diplomatlarning ustozi.

Uni xalqaro maydonda ham yaxshi bilishadi. Jumladan, uzoq yillar Germaniya, Shveysariya, Polsha, Benilyuks davlatlari, Yevropa ittifoqi va NATOda O‘zbekistonning elchisi bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari 2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimini bajardi.

Karerasi davomida Norov prezident maslahatchisi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

Sog‘lig‘i yomonlashgani ma’lum qilingan Abdulaziz Komilovning o‘rniga hozircha v.b. maqomida bo‘lsa-da katta tajribaga ega Vladimir Norovning tayinlangani o‘zbek diplomatiyasi maktabining estafetasi uzilmaganini ko‘rsatadi va bu umuman olganda yaxshi signal. Va bu so‘nggi kunlarda TIV atrofidagi mish-mishlarga ham javob tarzida yangraganga o‘xshaydi.

Har ne bo‘lganda ham, bugungi tahlikali va turli bosimlarga to‘la xalqaro siyosat davrida Vladimir Norovga omadlar tilaymiz. Umid qilamizki, O‘zbekiston tashqi siyosati doimo pragmatik va tinchliksevar bo‘lib qoladi hamda kun sayin qat’iyatli va prinsipli bo‘lib boraveradi.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети