Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Нурбек Алимов

Оз нарсани қурбон қилган одам, оз нарсага эришади. Кўп нарсани хоҳлаган одам эса кўпроқ нарсадан воз кечиши кераклигини билади.

Sir saqlanayotgan sirlar ortidan yana sirlar paydo bo‘lmoqda

Sir saqlanayotgan sirlar ortidan yana sirlar paydo bo‘lmoqda

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJning 57,118 foizlik davlat ulushi sotuvga qo‘yilganligi sotish esa o‘ta maxfiy va sirli ravishda o‘tkazilayotganligi bo‘yicha ko‘plab chiqishlar bo‘ldi.

O‘zbekiston jurnalist va blogerlari qancha jar solishmasin, hech kim izoh berishni istamadi. Savollar borgan sari ko‘payib bormoqda. Ammo javob beradigan biror mard topilmayapti. Bu maxfiylik esa nazarimda ijtimoiy tarmoqlarda aytilgan gumonlarni ham haqiqat ekanligini isbotlamoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Mo‘minjon Ibodov jurnalist va blogerlar uchun maxsus matbuot anjumani va’da qilgan edi. Ammo matbuot anjumanini bir o‘zi o‘tkazib qo‘ya qoldi. Matbuot anjumani emas, faqat Uzreport kanaliga kamera oldida «stendap» qilib qisqagina bir nimalarnidir o‘qib bergan. Buni reklama huquqi asosida yangilik saytlariga chiqargan. «Stendap»da o‘qilgan hisobotdan hech narsa tushunmadim. Balki o‘zi ham tushunmagandir.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutasaddilari shu joyda o‘zlarining nohaq ekanligini isbotladi, xolos. Agar haq bo‘lganda, «lyuboying kelovr, qaysi biringda qanday savol bor?, boslaring» deya jurnalist va blogerlar og‘ziga teskari shapaloq tortvorgan bo‘lardi.

Aytishlaricha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 5 mart kuni «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJning 10 nafar rahbar xodimlarini ishdan bo‘shatib yangi rahbarlarini qo‘yibdi. Bu harakat Koka-kolaning sotilishidagi maxfiylikni yanada mustahkamlash uchun tashlangan navbatdagi qadamdek. Biz shunday tushundik, buni boshqacha tushunib bo‘lmaydi. Holbuki, agentlikka Bekenov rahbarlik qilgan paytda u agentlik ixtiyoriga vaqtincha o‘tadigan hech bir aktivda xodimlar bo‘shatilmaydi deya aytib o‘tgani ham bizga yetib kelgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xorijiy tashkilot bilan hamkorlikda boshqariladigan qo‘shma korxona rahbarini almashtirgani bo‘yicha hech qanday ma’lumot ham bermadi. Ularni tushunsa bo‘ladi. Ammo bo‘shatilganlar ham sukut saqlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rahbarlarni almashtirish jarayoni ham maxfiy tarzda o‘tkazilib, keyinchalik ham qat’iy sir saqlanishi talab etilgan.

Bundan ko‘rinadiki, Koka-kola bo‘yicha omma taxmin qilgan sirlar yanada «jozibali» ko‘rinish olmoqda.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети