Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zuhroda hayot alomatlari topildi. NASA rahbari: «Sayyoraga «birinchi darajali» e’tibor qaratish vaqti keldi»

Zuhroda hayot alomatlari topildi. NASA rahbari: «Sayyoraga «birinchi darajali» e’tibor qaratish vaqti keldi»

Foto: «Rambler»

NASA rahbari Jim Braydenstayn Zuhro (Venera) sayyorasida fosfin bulutlarini aniqlab, sayyorada hayot alomatlari mavjudligiga ishora qilgan Kardiff va Manchester olimlarining kashfiyotiga munosabat bildirdi.

«Venerada hayot bormi? Anaerob biologiyaning ikkilamchi mahsuli bo‘lmish fosfinning aniqlanishi Yerdan tashqarida hayot borligi haqida ishonchli dalil to‘plash tomon jiddiy qadamdir», — dedi Braydenstayn.

Uning ta’kidlashicha, Zuhroga «birinchi darajali» e’tibor qaratish vaqti keldi.

Fosfin – rangsiz, juda zaharli gaz. Yerda u anaerob, ya’ni kislorod talab qilmaydigan mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqiladi.

Venerada hayot alomatlari borligini isbotlash uchun ilgari ham urinishlar bo‘lgan. Masalan, Rossiya FA Kosmik tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Leonid Ksanfomaliti 2012-yili yozgan maqolada sovet davridagi «Venera-13» qo‘ndiriluvchi stansiyasi moduli olgan suratlar tahlil qilib berilgan. Rus olimi suratlarga tushib qolgan ayrim ob’yektlarni hasharotsimon mavjudotlarga o‘xshatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring