Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin yillarda pensiyaga chiquvchilar uchun noxush xabar — «Global Pension Index 2020»

Yaqin yillarda pensiyaga chiquvchilar uchun noxush xabar — «Global Pension Index 2020»

Foto: «Consultancy.eu»

«Mercer» kompaniyasi dunyoning 39 mamlakati pensiya tizimi baholangan «Global Pension Index 2020» reytingini taqdim etdi. Reyting yetakchisi — Niderlandiya, Daniya — ikkinchi, uchinchi o‘rinda — Isroil. Bu haqda «Yevropuls» xabar berdi.

Pensiya tizimlarini baholash uchun uch guruhga ajratilgan 50 dan ortiq ko‘rsatkichlardan foydalanilgan: yetarlilik (pensiya yashash uchun yetish-yetmasligi), barqarorlik (mamlakatning demografik va iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, tizim qanchalik uzoq vaqt chidab berishi), yaxlitlik (pensiya tizimi va boshqa davlat dasturlarining o‘zaro bog‘liqligi).

Reytingga kiritilgan mamlakatlar orasida pensiya tizimi eng zaiflari — Tailand, Turkiya va Filippin. O‘zbekiston reytingda yo‘q.

Ushbu pensiya tizimlari reytingini «Mercer» xalqaro konsalting kompaniyasi Avstraliya moliyaviy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda tuzib keladi. Asosiy maqsad — turli mamlakatlar pensiya tizimlarini xolis baholagan holda, hukumatlar uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

Bu yilgi reyting bosh mavzusi koronavirus pandemiyasining turli mamalakatlar pensiya tizimlariga ta’sirini o‘rganish bo‘ldi. Tuzuvchilarga ko‘ra, karantin nafaqat hozirgi pensionerlar, balki yaqin yillarda pensiyaga chiquvchilar ta’minotiga ham jiddiy (salbiy) ta’sirini o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring