Yaponiyada kuchli zilzila yuz berdi
13-yanvar kuni Yaponiya janubi-g‘arbida 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda mamlakat meteorologiya agentligi ma’lum qildi.
Zilzila Miyadzaki, Sintomi va Takanabe prefekturalarini qamrab olgan, uning markazi dengizning Kyusyu oroli sohiliga yaqin qismida, 36 km chuqurlikda joylashgan.
Yer qimirlashi oqibatida jarohatlanganlar yoki buzilishlar bo‘lgani haqida xabar kelib tushmagan. Faqat Miyadzaki va Koti prefekturalari yaqinida balandligi 20 santimetrga yaqin kichik sunami kuzatilgan.
Hodisa sababli Kyusyu orolidan o‘tuvchi yuqori tezlikli temir yo‘lda qatnov vaqtincha to‘xtatildi. Mahalliy AESlarda me’yordan chetga chiqish kuzatilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter