Yaponiya bosh vaziri qayta saylandi
Shigeru Ishiba Yaponiya bosh vazirligiga qayta saylandi — Liberal-demokratik partiya (LDP) yetakchisi parlament quyi palatasida o‘tkazilgan ovoz berishning ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovoz to‘pladi.
67 yoshli siyosatchini 221 deputat qo‘llab-quvvatladi. Shigeru Ishiba o‘z partiyasini isloh qilish, iqtisodiyotni jonlantirish va mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirishga va’da bergan.
«Men siyosat xalqqa tegishli bo‘lgan boshlang‘ich nuqtaga qaytaman hamda siyosiy va partiyaviy islohotlar ustida ishlayman», — dedi Shigeru Ishiba.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 2024-yil avgustidagi bayonotida LDP yetakchiligi uchun sentyabrdagi saylovda ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi. Bungacha LDPning ayrim a’zolari partiya pullarini o‘zlashtirishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqqandi. Partiya yetakchiligi uchun 2024-yil 27-sentyabrda o‘tgan saylovda Ishiba zafar qozongan va 1-oktyabrda Yaponiya parlamenti uni mamlakat bosh vazirligiga saylagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter