Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya bosh vaziri: Ertaga Sharqiy Osiyo ham «Ukraina»ga aylanishi hech gapmas

Yaponiya bosh vaziri: Ertaga Sharqiy Osiyo ham «Ukraina»ga aylanishi hech gapmas

Foto: «Anadolu Agency»

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Ukrainadagi kabi urush o‘chog‘i Sharqiy Osiyoda ham paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

U «Nikkei» tashkillashtirgan «Osiyoning kelajagi» (Future of Asia) tadbiriga kelgan xorijlik davlat arboblariga murojaatida Rossiya-Ukraina nizosi hamda Osiyoning xalqaro hamjamiyatda oshib borayotgan roliga to‘xtaldi.

Fumio Kisida Rossiya-Ukraina urushining Osiyo-Tinchi okeani mintaqasiga oqibatlariga to‘xtaldi.

«Ertaga Sharqiy Osiyo Ukrainaga aylanishi mumkin. Hech qayerda suverenitet va hududiy yaxlitlik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak», — ta’kidladi u.

Yaponiya hukumati rahbari Osiyo mamlakatlari manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi xalqaro tartibni shakllantirish zarurligiga to‘xtaldi.

«Osiyo jahon iqtisodiyotida taxminan 35 foiz ulushga ega hamda sayyoradagi eng tez o‘sayotgan hudud», — dedi Kisida.

Osiyoda status-kvo tahdidlariga munosabat bildirarkan, Kisida shunday dedi: «Bu AQSh yoki Xitoy masalasi emas. Biz qadriyatlarimiz va tinchlikni saqlab qola olamizmi — hamma gap shunda».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring