Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xizmat ko‘rsatgan kalamush pensiyaga kuzatilmoqda

Xizmat ko‘rsatgan kalamush pensiyaga kuzatilmoqda

Foto: APOPO

Qahramonligi uchun oltin medal bilan taqdirlangan Magava laqabli Gambiya xaltali kalamushi pensiyaga chiqarilmoqda — kemiruvchi Kambodjada portlamay qolgan o‘nlab minalar va snaryadlarni topgan, deb xabar berdi APOPO tashkiloti.

APOPO (Piyodalarga qarshi minalarni zararsizlantiruvchi ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot) ma’lumotiga ko‘ra, Magava bir yil sapyorlikka o‘rgatilgan va faoliyati davomida 71 ta mina va 38 ta portlamay qolgan jangovar aslahani topgan. Kemiruvchi jonivor 225 ming kvadrat metrdan ziyod maydonni tozalashda katta hissa qo‘shgan.

Magava endi veteran, bu yil sakkiz yoshga to‘ladi, umrining katta yarmini mina qidirib o‘tkazdi.

Foto: APOPO

«Besh yillik yorqin faoliyati bilan Magava bevosita erkaklar, ayollar va bolalarning hayotini minalar va urushning boshqa o‘lim keltiruvchi asoratlaridan saqlab qoldi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Aytishlaricha, Magavaning o‘rniga boshqa kalamush-sapyorlar keladi, uning o‘zi esa «yangilar»ga o‘rgatish uchun iyun oyining oxiriga qadar vazifasida qolarkan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring