Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qudratli general qayerda? OAV xavotirli ma’lumotlarni e’lon qildi

Qudratli general qayerda? OAV xavotirli ma’lumotlarni e’lon qildi

Xitoyda hukumatning asosiy figuralaridan biri omma ko‘z o‘ngidan g‘oyib bo‘ldi – bu safar mamlakat mudofaa vaziri general Li Shanfu.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, mamlakat rasmiylari unga nisbatan  korrupsiya sabab tergov boshlagan.

Tergov haqida ma’lumotni Reuters agentligi tarqatgan, uning jurnalistlari Xitoydagi 10 ta anonim manba bilan gaplashgan.

Mintaqaviy xavfsizlik xodimi va Xitoy harbiylari bilan bevosita aloqada bo‘lgan uch kishining so‘zlariga ko‘ra, janob Liga nisbatan tergovlar harbiy texnika xaridi bilan bog‘liq.

Gap qanday xaridlar haqida ketayotgani hozircha noma’lum.

Shuningdek, harbiylar bilan bevosita aloqada bo‘lgan ikki kishining so‘zlariga ko‘ra, Li 2017- yildan 2022-yilgacha boshqargan Xitoy armiyasining savdo bo‘limining sakkiz nafar yuqori martabali amaldori ham tergov ostida qolmoqda.

Mart oyida mudofaa vaziri etib tayinlangan Li va sakkiz nafar mansabdor shaxs ustidan tergovni keng vakolatlarga yega bo‘lgan harbiy intizom tekshiruv komissiyasi olib bormoqda, deb yozadi Reuters.

Avvalroq Xitoy sobiq tashqi ishlar vaziri ham shu tarzda g‘oyib bo‘lib, ishdan ketgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring