Xitoyda bir yo‘la ikki o‘lim jazosi ijro etildi

Xitoyda 20 yanvar kuni bir yo‘la ikki o‘lim jazosi ijro etildi.
Qatl etilganlarning birinchisi — 21 yoshli Syuy Szyaszin. U 2024-yilning 16-noyabr kuni Szyansi provinsiyasining Isin shahridagi Usi san’at va texnologiyalar professional kollejida pichoqbozliq uyushtirgan. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi tan jarohati olgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchi shu kollej o‘quvchisi, u 2024-yilda bitiruv imtihonida yiqilgan. Diplom ololmagani va amaliyotda yaxshi pul to‘lanmagani uchun jahl ustida jinoyatni amalga oshirganiga iqror bo‘lgan.
Ikkinchi qatl etilgan — 62 yoshli Fan familiyali shaxs. 2024-yilning 11-noyabrida Chxujay shahrida yo‘ltanlamas mashinasini «Chxujay Stadium» sport markazi yugurish yo‘lagida odamlar ustiga haydagan. Oqibatda 35 kishi o‘lgan, 43 kishi jarohatlangan. U oilaviy ajrimining moliyaviy jihatlaridan noroziligini shu tariqa ifodalab, begunoh insonlarning qonini to‘kkan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter