Xitoy yadro arsenalini kengaytirmoqchi
Xitoy 2035-yilgacha 1500 ta yadro kallaklarini joylashtirishi mumkin. Pekin yadroviy arsenalining ehtimoliy kengayishi Pentagonning Xitoy harbiy qudrati haqidagi yillik hisobotida baholangan. Bu haqda Breaking Defense yozdi.
AQSh Mudofaa vazirligining ismini oshkor qilmagan rasmiysi 2035-yilga borib Xitoy yadroviy kallaklar sonini uch baravarga oshirishi mumkinligini taxmin qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning yadro qurollari zaxirasi ortib borayotgani mamlakat yadro siyosati o‘zgarishidan darak berishi mumkin.
Joriy yilning noyabr oyi boshida Xitoy o‘zining so‘nggi gipertovushli «havo-havo» raketasini namoyish qilgan.
Ma’lumot uchun, hozirda AQShda 3700 ga yaqin yadro kallaklari mavjud bo‘lib, ulardan 1740 tasi joylashtirilgan. Rossiyada 5900 dan ortiq jangovar kallaklar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter