Uzoq vaqtgacha qoraymaydigan banan navi yaratildi

Britaniyaning Tropic biotexnologiya kompaniyasi tozalanganidan so‘ng 12 soatgacha qoraymaydigan banan navini yaratdi, deb xabar berdi The Guardian.
Qolaversa, yangi banan navi po‘stlog‘i archilganidan so‘ng bir sutka ichida boshqa bananlarga qaraganda 30 foiz sekinroq qorayadi. Bunga erishish uchun genetiklar mevaning qorayishiga olib keluvchi polifenoloksidaza fermenti ishlab chiqarilishiga javobgar genni o‘chirib qo‘yishdi. Ushbu texnologiya avval olmalar, pomidorlar va qo‘ziqorinlarni modifikatsiyalashda qo‘llanilgan edi. Olimlar yangi bananga begona DNK qo‘shishmagan, shu bois u GMO (geni modifikatsiyalangan organizm) hisoblanmaydi. deyiladi xabarda.
AQSh, Kanada, Kolumbiya, Gonduras va Filippinda yangi navli bananlar savdosiga ruxsat berildi.
Ta’kidlanishicha, bananlar — jahonda eng ommalashgan mevalardan biri, biroq saqlash muddati qisqaligi sababli, mahsulotning qariyb yarmi chiqitga chiqmoqda. Yangi ishlanma mevaning isrof bo‘lishini cheklab, issiqxona gazlarini qisqartirishda yordam berishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter