Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainani o‘tgan yili qancha odam tark etgani ma’lum qilindi

Ukrainani o‘tgan yili qancha odam tark etgani ma’lum qilindi

Ukrainadan migratsiya oqimi 2024-yil oxiriga kelib 500 mingga yaqin kishini tashkil etdi, deyiladi mamlakat Milliy banki axborot hisobotida.

Tahlilchilarning fikricha, 2025-yilda 200 mingga yaqin aholi mamlakatni tark etadi.

Aholining chiqib ketishi ishchi kuchi yetishmasligiga va mamlakatdagi ichki iste’mol talabining qisqarishiga olib keladi. Regulyatorga ko‘ra, chiqib ketish sabablari yomon xavfsizlik, elektr ta’minotidagi uzilishlar, safarbarlik va boshqalardir. Ketganlarning ko‘pchiligi boshqa davlatda ish topib, o‘sha yerda joylashadi va qaytib kelishni rejalashtirmaydi.

Markaziy bankka ko‘ra, aholining ommaviy qaytish faqat 2026-yilda boshlanishi mumkin. Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, 2026-yilda Ukrainaga qaytib keladigan muhojirlarning taxminiy soni 200 ming kishini, 2027-yilda esa 500 ming kishini tashkil qilishi mumkin.

Hukumat odamlarni qaytarishga harakat qilishi lozim, shuningdek, ukrainaliklar boradigan mamlakatlar siyosatidagi o‘zgarishlar qaytishga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, davlatdagi xavflarning kamayishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ishchi kuchi tanqisligini kamaytiradi va iste’mol talabini tiklaydi.

2024-yil oktyabr oyida BMT Ukraina aholisining mamlakatni tark etishda davom etayotgani haqida xabar bergan edi. 2022-yil 24-fevraldan buyon mamlakatni tark etganlarning umumiy soni 10 millionga yaqin aholini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring