Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainada «qizil bayroq» ko‘tarilgani uchun bir nechta jinoiy ish ochildi

Ukrainada «qizil bayroq» ko‘tarilgani uchun bir nechta jinoiy ish ochildi

Foto: RIA Novosti

Ukraina milliy politsiyasi 9-may kuni mamlakatda kommunistik ramzlardan foydalanilgani bo‘yicha 17 ta jinoiy ish ochdi, deb xabar qildi Ukraina ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Milliy politsiya rahbari Igor Klimenkoning aytishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari taqiqlangan atributlardan foydalanish bilan bog‘liq bir nechta holatlarni qayd etishgan.

«9-may kuni biz 22 ta bayonnoma tuzdik va kommunistik rejimning taqiqlangan ramzlarini tarqatish bo‘yicha 17 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdik. Milliy politsiya o‘z vazifasini uddaladi», — deya Klimenkoning so‘zlarini keltiradi Ukraina IIV matbuot xizmati.

Ukrainada 2015-yildan beri 8-may — Xotira va yarashish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Barcha davlat tadbirlari shu kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring