Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina urushida Rossiya qancha askarini yo‘qotgani aytildi

Ukraina urushida Rossiya qancha askarini yo‘qotgani aytildi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 20-aprel kuni o‘tgan ikki yildan (urush 2022 yilning 24 fevralida boshlangan edi) beri Rossiya Ukrainada 458 580 askarini yo‘qotganini ma’lum qildi.

«Bu raqam birgina so‘nggi 24 soat ichida rus qo‘shinlari ko‘rgan 750 ta qurbonni o‘z ichiga oladi», – deyiladi Bosh shtab ma’lumotida.

Hisobotga ko‘ra, Rossiya, shuningdek, 7 213 ta tank, 13 873 ta zirhli jangovar mashina, 15 717 ta avtomobil va yonilg‘i baklari, 11 678 ta artilleriya tizimi, 1 046 ta ko‘p uchuvchi raketa tizimi, 763 ta havo mudofaa tizimi, 348 ta samolyot, 325 ta vertolyot va 33 416 ta kema hamda bitta suv osti kemasidan ayrilgan.

Yuqoridagi raqamlarni Rossiya tomonidan tasdiqlatishning imkoni yo‘q. Urush harakatlari ketayotgan davrda esa har ikki tomon bir-biriga nisbatan axborot urushlarini ham olib borishi tabiiy. Shu ma’noda Ukraina tomonining keltirgan yuqoridagi raqamlarini to‘la ma’noda ishonchli deb qarash mushkul.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring