Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uch davlatda jang qilgan polkovnik «Krokus» terakti qurboni bo‘ldi

Uch davlatda jang qilgan polkovnik «Krokus» terakti qurboni bo‘ldi

«Krokus»dagi qurbonlar orasida razvedka boshqarmasi polkovnigi ham bor.

Razvedka boshqarmasi polkovnigi Timur Myasnikov «Krokus Siti Xoll»dagi terakt natijasida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Timur Myasnikov terakt jabrlanuvchilari ro‘yxatida edi: biroq, uchta o‘q tekkan harbiyni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Polkovnik Kosovo va Tojikistonda jang qilgan va teraktdan oldin u Ukrainadagi harbiy amaliyotdan ta’tilga chiqqan.

Myasnikovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar Suvorov harbiy maktablari bitiruvchilarining telegram kanalida ham paydo bo‘ldi. U, shuningdek, Moskva viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan teraktdan keyin kasalxonaga yotqizilganlar ro‘yxatida ham bor edi.

Teraktdan bir necha kun oldin Myasnikov ta’tilga Moskvadagi oilasini ko‘rish uchun ketgan. U xotini va o‘g‘li bilan «Krokus Siti Xoll»ga konsertga kelgan.

«Temur xotini va o‘g‘lini xavfsiz joyga yashirishga muvaffaq bo‘ldi, o‘zi esa kuchli otishma ostida qoldi. Unga uchta o‘q tegdi. Bir necha kun davomida shifokorlar uning hayoti uchun kurashdilar, ammo, afsuski, uni saqlab qola olmadilar», — dedi «Rossiya ofitserlari» tashkilotining Samara viloyati bo‘limi prezidiumi raisi Artur Malivanchuk.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Krokus Siti Xoll»dagi terakt qurbonlari soni 143 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring