Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turmaga giyohvand tashiyotgan «narkokurer» mushuk ushlandi

Turmaga giyohvand tashiyotgan «narkokurer» mushuk ushlandi

Foto: «Daily Mail»

Panamaning Kolon viloyati ma’muriyati qamoqxonaga narkotik moddalarni olib kirmoqchi bo‘lgan oq mushukni tutib oldi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar bermoqda.

Narkokurer momiqvoy 16-aprel kuni 1,7 mingdan ortiq mahbus saqlanayotgan qamoqxona yonida qo‘lga tushdi. Axloq tuzatish muassasasi hududiga kirishga uringan mushukning bo‘yniga turli giyohvand moddalar solingan xaltacha bog‘lab qo‘yilgan.

Panama penitensiar tizim rahbari Andres Gutiyerrezning aytishicha, xaltada oq kukun, barg va o‘simlik moddalari solingan paketchalar bo‘lgan.

Prokuror Eduardo Rodrigez ushlangan mushuk hayvonlar boshpanasiga joylashtirilishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring