Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchradi, uchuvchilar halok bo‘ldi

Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchradi, uchuvchilar halok bo‘ldi

Turkiyaning Kayseri hududida SF-260D o‘quv samolyoti halokatga uchradi. Halokat oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Bu haqda Milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli SF-260D o‘quv samolyoti Kayseridagi havo transporti qo‘mondonligiga qarashli 12-havo bazasidan mashg‘ulot uchun uchgan. Halokat sabablari hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring