Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun immigratsiya siyosatini o‘zgartiradi

Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun immigratsiya siyosatini o‘zgartiradi

Turkiya Yevropa Ittifoqiga nomzod mamlakatlarga qo‘yilgan talablarga javob berish maqsadida xorijliklar uchun mamlakat fuqaroligini olishni murakkablashtiradi. Bu haqda RIA Novosti «Hurriyet» gazetasiga tayanib yozmoqda.

«Turkiyaning eng muhim masalalardan biri bo‘lgan immigratsiya siyosatida yangi qadam tashlash rejalashtirilmoqda. Bu borada boshpana izlovchilarga, ayniqsa suriyaliklarga Turkiya fuqaroligini berishni murakkablashtirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Boshqacha aytganda, bundan buyon Turkiya boshpana izlovchilarga fuqarolik berishda yanada ehtiyotkor bo‘ladi», deb yozadi gazeta.

Turkiya o‘z chegaralarini yaxshi himoya qilsa va migrantlarning Yevropa Ittifoqi davlatlariga kiritilmasligini kafolatlasa, Yevropa Ittifoqining ham qiladigan ishlari ko‘p, deydi gazeta.

Avvalroq, Yevrokomissiya vakili Peter Stano Turkiyaning 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatini inkor etgan edi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqiga kirish jarayoni bir necha soat emas, yillar davom etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bryussel Turkiyaga hatto vizasiz rejim berishga ham tayyor emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring