Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya O‘zbekistonga qo‘shni davlat aeroportini qo‘riqlaydi

Turkiya O‘zbekistonga qo‘shni davlat aeroportini qo‘riqlaydi

Foto: «Pinterest.ru»

Turkiya AQSh chiqib ketganidan keyin Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni rejalashtirmoqda, dedi milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSh prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari Jo Bayden va Toyib Erdo‘g‘on shu hafta bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu to‘g‘rida gaplashib olishgan.

«Ular operatsiya tugashi bilan aeroportni muhofaza qilish bo‘yicha potensial missiyani batafsil muhokama qildilar... Prezident Erdo‘g‘on qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytdi. Prezident Bayden esa ushbu yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi... Turkiya Hamid Karzay nomidagi (Kobul) aeroport xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi», — dedi Sallivan.

Uning aytishicha, mabodo Turkiya bu ishni bajara olmasa, AQSh har ehtimolga o‘z rejasini tuzib qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring