Turkistondagi koloniyada mahbuslar g‘alayon ko‘tarishdi
Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi koloniyada mahkumlar tomonidan tartibsizlik uyushtirildi, uch kishi jarohatlandi, deb xabar berdi «Zakon.kz».
Jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi matbuot xizmatining izohlashishicha, ba’zi mahkumlar qamoqdagi saqlash rejimidan norozilik bildirishgan.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tartibsizlikda ikki Milliy gvardiya askari va koloniya zobiti yengil tan jarohatlari olgan. Ayni paytda vaziyat barqarorlashgan.
Avvalroq Chimkentdagi koloniyalardan birida 37 yoshli mahbus to‘satdan vafot etgani xabar qilingan. Erkak bir oy oldin qamoqqa tushgan bo‘lgan. Qarindoshlari uning o‘limiga muassasa xodimlarining aloqadorligini aytishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter