Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondan O‘zbekiston orqali Turkiyagacha bo‘lgan yangi transport yo‘lagi tashkil etiladi

Tojikistondan O‘zbekiston orqali Turkiyagacha bo‘lgan yangi transport yo‘lagi tashkil etiladi

Joriy yil 21-sentyabr kuni Dushanbe shahrida «Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» transport yo‘lagi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning birinchi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) boshchiligida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi mutaxassislari ishtirok etgan.

Avvalroq, IHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 11-yig‘ilishida qabul qilingan Anqara deklaratsiyasiga ko‘ra, ushbu multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha loyiha dasturini ishlab chiqishga kelishilgan edi.

Joriy yig‘ilishda yuk tashishlarni ko‘paytirish va savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish, xususan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tranzitni rivojlantirish va rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring