Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda «GAI» xodimlarining 30 foizi ishdan bo‘shatib yuboriladi

Tojikistonda «GAI» xodimlarining 30 foizi ishdan bo‘shatib yuboriladi

Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon bugun mamlakat Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida mamlakat IIV Davlat avtomobil inspeksiyasi xodimlarining faoliyatini tekshirish masalasiga to‘xtalgan.

Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Emomali Rahmon ularni jiddiy kamchiliklar uchun, jumladan, korrupsiya, past malaka, «tasodifiy odamlar»ning tizimga kelib qolishi va ayrim xodimlarning kontrabandaga aloqadorligini tanqid qilgan va ushbu organ xodimlari sonini qisqartirishni buyurgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tizimda ishlab kelayotgan xodimlar 30 foizga qisqartiriladi.

Emomali Rahmon mutasaddilarga o‘n kun ichida iqtidorli, malakali va mas’uliyatli xodimlar orasidan kadrlarni to‘g‘ri joylashtirish va tayinlash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq bergan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring