Sun’iy intellekt boshqaruvidagi yangi dunyo bolalari – Beta avlodi

Texnologiya avlodlar almashinuvining belgilovchi kuchlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bu yil, ya’ni 2025-yildan 2039-yilgacha tug‘ilgan bolalar Beta avlodga mansub bo‘ladi – ular texnologiya bilan ajoyib integratsiyani va ulkan madaniy o‘zgarishlarni ko‘radilar.
«Alfa avlodi» (2010 - 2024 yillar oralig‘ida tug‘ilgan bolalar) atamasini yaratgan ijtimoiy tadqiqotchi va futurolog Mark Makkindl fikricha, har bir avlod davri 15 yil davom etadi – dunyodagi sezilarli o‘zgarishlarni va xalqining umumiy qadriyatlarini aks ettiradi.
Masalan Millennial (1980 va 1994) va Z avlodi (1995 va 2009) ko‘proq texnologiyaga to‘yingan davrda yashayotgani bilan ajralib turdi – bu tendensiya kuchaymoqda.
Beta avlodidan oldin Alfa avlodi aqlli texnologiya va sun’iy intellekt rivojlanishi bilan shakllangan bo‘lsa-da, Beta avlodi sun’iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotga to‘liq integratsiyalashgan dunyoda yashaydi – ularning raqamli va real hayotni idrok etishi deyarli bir-biridan ajralmas bo‘ladi.
«Beta avlod kundalik hayotning barcha jabhalarida – ta’lim va ish joylaridan tortib, sog‘liqni saqlash, boshqa barcha sohalarga sun’iy intellekt va avtomatlashtirish to‘liq uyg‘unlashgan davrda yashaydi.
Ularning shakllanish yillari shaxsiylashtirishga ko‘proq e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi – sun’iy intellekt algoritmlari ularning o‘rganish, xarid qilish va ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarini bugungi kunda biz tasavvur qila boshlagan usullarga moslashtiradi», – dedi Makkindl.
Boshqa tomondan, Beta avlodiga ham internetning ayrim jihatlariga nisbatan o‘sib borayotgan shubhalar ta’sir qiladi. Ular ijtimoiy media bilan o‘sgan, lekin uning hayotimizga salbiy ta’sirini yaxshi biladigan ota-onalar tomonidan tarbiyalangan dastlabki avlodlardan biri bo‘ladi.
«Masalan Z avlod ota-onalari farzandlarining internetdan foydalanishning afzalliklari bilan birga uning salbiy jihatlari borligini va cheklash ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ham inkor qilishmaydi», – deya qo‘shimcha qiladi mutaxassis.
2035-yilga kelib Beta avlodi dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi.
Ularning dunyosi iqlim o‘zgarishi va global demografiya kabi dolzarb ijtimoiy muammolar tufayli shakllangan oldingi avlodlardan sezilarli darajada farq qiladi – ushbu masalalarga yondashuvi, ehtimol, xilma-xillik va tenglikni qo‘llab-quvvatlagan boshqa avlodlar ota-onalarining qadriyatlari asosida shakllantirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter