Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

«Stalinga yutqazilgan 20 yil, SSSRni qulatgan Ronald va Putin erasi»: hammasi Rossiya – AQSh rahbarlari uchrashuvlari haqida

«Stalinga yutqazilgan 20 yil, SSSRni qulatgan Ronald va Putin erasi»: hammasi Rossiya – AQSh rahbarlari uchrashuvlari haqida

Foto: «Vmiresmi.ru»

16-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Qo‘shma Shtatlar rahbari Jozef Bayden Jenevadagi sammitda ishtirok etdilar. Ikki yirik geosiyosiy mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi shov-shuvli ishlar davom etadi. Rossiya va AQSh rahbarlarining uchrashuvlari Ikkinchi Jahon urushidan beri muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. E’tiboringizni ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv va ularning ta’siriga qaratmoqchimiz.

Urushdan keyingi dunyoni yaratish

Sovet diktatori Iosif Stalin prezident Franklin Ruzvelt bilan ikki marta, so‘ngra uning vorisi Garri Trumen bilan bir marta uchrashgandi. Ikki davlat prezidentlari Buyuk Britaniya vositachiligida 1943-yilda va 1945-yil boshlarida uchrashgan.

G‘arb demokratik davlatlaridagi konservatorlar uchun Yaltada va Potsdam uchrashuvlari Stalin va umuman kommunizm uchun g‘alaba sifatida qaraldi. Ular aybning katta qismini Stalin bilan muzokaralar olib borgan Amerika prezidentlariga va 20 yil davomida ushbu prezidentlar lavozimida bo‘lgan Davlat departamenti rahbarlari va byurolariga yukladilar.

Duayt Devid Eyzenxauer 1955-yilda «Jeneva sammitida» Nikita Xrushyov bilan uchrashdi. Tobora kuchayotgan SSSRdan xavfsiragan AQSh sammitga Buyuk Britaniya va Fransiyani ham taklif etdi.

1959-yilda Nikita Xrushyov AQShga Sovet rahbarining birinchi tashrifini amalga oshirdi va Eyzenxauer bilan sammitda ishtirok etdi. Sammit natijasi o‘laroq ikki mamlakat rahbarlari Parijda davomli uchrashuvlar o‘tkazmoqchi edilar, ammo…

Kuba, Berlin, Vetnam – Kennedi, Xrushyov , Nikson

1961-yilda 67 yoshli Xrushyov Venada Eyzenxauerning yangi saylangan vorisi, Jon Kennedi ismli 44 yoshli demokrat bilan uchrashdi. Sovet rahbarlari yana bir bor AQSh rahbarlaridan qat’iyatliroq ekanliklarini isbotladilar. Kennedi Fidel Kastroni ag‘darishni eplay olmadi. Sovet rahbari buning yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini uqtira oldi. «Bu odam juda tajribasiz, hattoki yetuk emas. Uning fonida Eyzenxauer aql va qobiliyatli odamga o‘xshaydi», deb masxara ham qilgan edi Xrushyov. Berlindagi muammolar ham ikki tomonning uchrashuv maqsadlaridan edi.

1963-yil noyabrda Kennedi o‘ldirildi. Prezident Lindon Jonson 1967-yil iyun oyida Sovet Ittifoqi bosh vaziri bilan uchrashgan edi. Xrushyov ketib, uning o‘rniga Aleksey Nikolayevich Kosigin keldi.

Sovetlardan Vetnamda urush tugashiga yordam bermoqchi bo‘lishdi va uchrashuv sammitini belgilashdi. Vetnam bo‘yicha muzokaralar natija bermay Jonson uchrashuvdan so‘ng yanada erkinroq harakat qildi. Vetnam bo‘yicha uchrashuv Sovet rahbarlarining inqirozi boshlanganiga bir misol edi.

Nikson, Ford va Karter: o‘zgarishlar ostonasida

1969-yilda Nikson prezident lavozimiga kelgandi. 1972-yilda qayta prezidentlikka saylanish umidida u Moskvaga ham, Pekinga ham tashrif buyurgan. Niksonning Sovet rahbari Leonid Brejnev bilan uchrashuvi ikkala tomon uchun yanada samarali bo‘lgan.

Jerald Rudolf Ford Sovet Ittifoqi rahbari Brejnev bilan ikkita uchrashuv o‘tkazdi. 1974-yilda Vladivostokda va 1975-yilda Xelsinkida bo‘lib o‘tgan Ford va Brejnev o‘rtasidagi sammit uchrashuvlarida «katta masalalar» ko‘rildi.

1976-yilgi saylovda Ford demokrat Jimmi Karterga yutqazdi. Ruslar tashqi siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan yangi AQSh prezidenti fonida katta imkoniyatlarning «hidini sezishdi». 1979-yilda Karter va Brejnev ikkinchi strategik qurollarni cheklash to‘g‘risidagi shartnomani (SALT II) imzolaydilar. Yuqorida aytilganidek, xalqaro doirada tajribaga ega bo‘lmagan AQSh prezidentidan hayiqmagan Sovet tanklari va vertolyotlari Afg‘onistonga bostirib kirdi. Karter bunga javoban 1980-yilda Moskvadagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida AQShning ishtirokini bekor qiladi.

«Samoviy urushlar otasi» va Bush: SSRning qulashi

Agar Karter Sovuq Urush davrida Sovet Ittifoqining eng yomon xatti-harakatlariga duch kelgan bo‘lsa, uning o‘rnini bosuvchi eng yaxshi narsalardan bahramand bo‘lishga va ulardan foydalanishga qodir edi. Ronald Reygan butun siyosiy faoliyati davomida Sovet Ittifoqiga qarshi kampaniya olib borgan va uni «Yovuz imperiya» deb atagan. Ronald Reygan va Gorbachyov birinchi sammitni 1985-yil noyabr oyida Jenevada o‘tkazdilar. Hech qanday kelishuvga erishilmadi, ammo «siyosiy iqlim» aniq o‘zgarib ketdi. Ikki kishi 1986-yil oktyabr oyida Islandiyaning Reykyavik shahrida yana uchrashdilar va aslida ikki tomonlama yadro qurolsizlanishini muhokama qildilar. 1987-yil dekabrda ikki davlat rahbarlari Vashingtonda uchrashib, qisqa va o‘rta masofaga uchadigan ballistik raketalar uchun cheklovlarni imzolashdi. 1988-yilda ular yana ikki marta, Kreml saroyida va Nyu-York shahrida uchrashdilar.

Katta Jorj Bush Gorbachyov bilan yana yetti marta uchrashgan, shu jumladan, 1990-yilda Vashingtonda ular kimyoviy qurollar to‘g‘risidagi bitimni imzolagan va 1991-yilda Moskva sammitida Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi Shartnomani imzolagan (START I). Ularning so‘nggi uchrashuvi 1991-yil oktyabrda Madridda bo‘lgan. Xullas, Gorbachyov «zeriksa», AQSh rahbarlari bilan uchrashavergan.

«Prezident bo‘lish osonmi?»: mustaqil Rossiya – AQSh munosabatlari davri

Yangi Rossiya – yangi prezident: Boris Yelsin AQSh prezidenti bilan ikkita sammit uchrashuvini o‘tkazdi. Birinchisi, 1993-yil aprel oyida Bill Klintonning Oq Uydagi birinchi muddatining dastlabki oylarida sammitda ko‘rishdi. Ikkalasi Vankuverda uchrashdilar va ularning o‘z mamlakatlarida avvalgi me’yorlardan tubdan chiqib ketishni qay darajada ifodalaganligi qayd etildi. 1997-yil mart oyida ular Xelsinki shahrida yana uchrashganlarida, ularning har biri qayta saylangan, ammo hukumatlarida jiddiy siyosiy qarshiliklarga duch kelishda davom etishgan. Ikkalasiga ham impichment e’lon qilinadi, ammo lavozimidan chetlashilmaydi.

«Putin erasi»: so‘nggi 20 yilning eng muhim odami

Yangi siyosiy shaxs Vladimir Putin edi. Vladimir Putin 2000-yillar boshida taniqli bo‘lmagan, ammo tez orada Yelsindan ko‘ra kuchliroq ekanligi sezilib qoldi. Putin 1999 va 2000-yillarda bo‘lib o‘tgan ikkita xalqaro uchrashuvda Klinton bilan qisqa suhbatlashdi.

Putin Bushning inauguratsiyasidan atigi besh oy o‘tgach, 2001-yil iyun oyida, Sloveniyaning Lyublyana shahrida prezident Jorj V.Bush bilan uchrashishga qaror qildi. Bu yangi munosabatlarning nisbatan notekis boshlanishi edi. Bush Putining «sodda va ishonchli odam» ekanligini aytdi. Putin AQShga nisbatan «sherik» so‘zini ishlatgan

2001-yil noyabr oyida Jorj Bush prezidentligining muhim voqeasi — 11-sentyabr voqealaridan ikki oy o‘tgach — Putin Bushga Texas shtatida uchrashishdi.

Putin va Bush 2005-yil fevralida, qayta saylanganidan ko‘p o‘tmay, Slovakiyaning Bratislava shahrida rasmiy sammit uchrashuvini o‘tkazdilar. 2007-yilda Kennebunk portdagi uchrashuv haqida ham ma’lumotlar berilgan.

2009-yilda Barak Obama ish boshlaganda, Putin muddat cheklanganligi sababli prezident sifatida vaqt ajratib, bosh vazir bo‘lib ishlagan. Ammo Obama o‘sha yilning iyulida Moskvadan tashqarida joylashgan dachasida Putin bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga umid bildirgandi. Putinning puxta tanlangan prezidenti sifatida Dmitriy Medvedev 2010-yil aprelida Pragada Obama bilan rasmiy sammit o‘tkazmadi. 2014-yilda Putin rasman prezident sifatida qaytib keldi. Obama va Putin 2013-yil iyun oyida Shimoliy Irlandiyada bo‘lib o‘tgan G-8 yig‘ilishida bir-birlari bilan gaplashsalar ham, bu sammit emas edi.

Ular, shuningdek, 2013-yilda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan G-20 yig‘ilishida, 2015-yil sentyabr oyida Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidan oldin va 2016-yil kuzida Pekindagi G-20 sammitida qisqacha suhbatlashganlar.

Valdimr Putin va Donald Tramp 2017-yil iyulida Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan G-20 yig‘ilishidan boshlab bir qator suhbatlar o‘tkazdilar. Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani hamkorlik sammitida yana bir suhbat bo‘lib o‘tdi. Ikkalasi 2018-yilda Xelsinki shahrida bitta rasmiy sammit yig‘ilishini o‘tkazdi.

2000-yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lgan Putin rasmiy ravishda o‘zining to‘rtinchi AQSh prezidenti bilan uchrashadi. 16-iyun kuni bo‘ladigan sammitda Rossiyaning AQShning ikkita prezidentlik sikliga aralashuvi; AQSh razvedkasiga ko‘ra Rossiyadan moliyalashtirilayotgan kiberhujumlar; Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi; boshqa Sharqiy Yevropa qo‘shnilariga bosim; va Rossiyaning o‘zida muxolifat arboblarini bostirish kabi masalalar ko‘rilishi kutilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring