Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi

Sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi

Germaniyada saylovoldi tashviqoti vaqtida notanish ayol Germaniyaning sobiq moliya vaziri Kristian Lindnerning yuziga tort uloqtirdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

“Greyfsvaldda (Meklenburg-Oldingi Pommern) saylovoldi kampaniyasi vaqtida yosh ayol FDP yetakchisiga tort bilan hujum qildi. Tort sobiq moliya vazirining yuziga tegdi", deyiladi maqolada.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Lindner voqeadan keyin nutqini davom ettirgan.

Guvohlarning aytishicha, tort soqol olishda foydalaniladigan ko‘pikdan tayyorlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring