Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq vazir prezident bo‘lmoqchi — Fransiya

Sobiq vazir prezident bo‘lmoqchi — Fransiya

Kristian Tobira.

Foto: «Le Plus de L'Obs»

Fransiyaning sobiq adliya vaziri Kristian Tobira 2022-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidentligi uchun saylovda nomzod sifatida qatnashishini bugun, 15-yanvar kuni rasman e’lon qildi.

Tobira Lionda bo‘lib o‘tgan mitingda o‘z rejasini ochiqladi.

Kristian Tobira roppa-rosa 20 yil avval — 2002-yilgi saylovda ham prezidentlik kursisi uchun kurashib ko‘rgandi. Radikal so‘llar partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Tobira birinchi turdan so‘ng atigi 2,32 foiz ovoz to‘plagan, shunda ham ovozlarning ko‘pini o‘zi tug‘ilgan Fransiya Gvianasidan olgandi. 2007-yilgi urinishiga esa partiya o‘z vakilini taqdim etmasdan Sotsialistlar partiyasi bilan kuchlarni birlashtirishga qaror qilgani to‘siqinlik qilgandi.

Fransiya prezidentligi uchun 40 ga yaqin nomzodlar kurashish niyatini ma’lum qilishdi. Amaldagi prezident Emmanuel Makron prezidentlikda qolish niyatini ma’lum qilgandi, biroq bu haqda rasman bayonot bergan emas. Nomzodlarni ro‘yxatga olish mart oyi boshiga qadar yakuniga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring