Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoygu o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi

Shoygu o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi

Mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘z o‘rinbosari Timur Ivanovni o‘z lavozimidan chetlatdi. U 23 aprel kuni ushlangan va ikki oyga hibsga olingandi.

«Rossiya mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Timur Ivanov «Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari» federal davlat davlat xizmatidan chetlatildi», — deb xabar bergan RBK manbasi.

Timur Ivanov katta miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda, unga 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Rossiya OAVlarida Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ivanov ishi, Rossiyada so‘nggi paytlarda ko‘tarilgani yirik korrupsiyaviy mojaro sifatida ko‘rilmoqda. Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, mazkur qo‘lga olishda mudofaa vaziri Sergey Shoyguga qarshi «o‘yin elementlari» ham bor. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring