Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreyada siyosatchilar Kim Chen In tasviri tushirilgan nishonlarni taqa boshladilar

Shimoliy Koreyada siyosatchilar Kim Chen In tasviri tushirilgan nishonlarni taqa boshladilar

Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi mas’ul xodimlari Kim Chen Inning surati tushirilgan ko‘krak nishonlarini taqib yurishni boshladi. Bu haqda KXDR Markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi tasvirlangan nishonlar Koreya mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 10-plenumida ko‘rindi. Qayd etilishicha, Kim Chen Inning portreti amaldorlar nishonlaridagi yagona tasvirga aylangan.

Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligining ta’kidlashicha, bu rasmiylar tomonidan bunday nishonlardan birinchi marta ommaviy foydalanishdir.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar KXDRda siyosatchilar Kim Ir Sen va Kim Chen Ir suratlari tushirilgan nishonlarni taqib yurishardi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring