Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sapyor kalamushlar kontrabandaga qarshi kurashga o‘rgatildi

Sapyor kalamushlar kontrabandaga qarshi kurashga o‘rgatildi

Foto: BILD

Gambiya og‘maxonsimon kalamushi — sayyoramizdagi eng yirik sichqonsimonlardan biri. Kattalarining uzunligi 90 santimetrgacha yetadi. Ana shu kalamushlardan 2013-yildan buyon Tanzaniya va Mozambikda minalashtirilgan maydonlarni tozalashda foydalanilmoqda.

Kambojaga yuborilgan Magava laqabli kalamush 71 ta mina va 38 ta boshqa xil portlovchi qurilmani topgan. Kalamush shu xizmatlari uchun PDSA xayriya tashkilotining oltin medali bilan taqdirlangan.


Magava haqida batafsil shu yerda o‘qing!


Tanzaniyada endi Gambiya kalamushlaridan kontrabandaga qarshi foydalanishmoqchi. Bu kasbga o‘rgatish jarayonida kalamushlar fil suyagi, kamyob hayvonlarning shoxlari va suyaklarini topgani uchun yoqtirgan ovqati bilan siylanadi.

Foto: BILD

Kontrabandachilar bojxonada hid sezilmasligi uchun har xil yuvish vositalari yoki qahva donlarini qo‘llashadi. Ammo kalamushlar bu nayrangga uchmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring