Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rubl qadri keskin tushib ketmoqda: Rossiya chora ko‘radimi?

Rubl qadri keskin tushib ketmoqda: Rossiya chora ko‘radimi?

Rossiya rubli dollarga nisbatan keskin arzonlashmoqda. 

28 noyabrdan boshlab Rossiya Markaziy banki yevroning rasmiy kursini 113 rublga, dollar kursini esa 108 rublga oshirdi. Bundan holat 2022 yil 17 martdan buyon kuzatilmagan. 

Rossiya Markaziy banki Moliya vazirligining budjet qoidasini amalga oshirish bilan bog‘liq muntazam operatsiyalarini aks ettirish doirasida yil oxirigacha ichki valyuta bozoridan chet el valyutasini xarid qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Regulyator buni moliyaviy bozorlardagi o‘zgaruvchanlikni kamaytirish istagi bilan izohlaydi.

Shu bilan birga, Markaziy bank ichki valyuta bozorida Milliy farovonlik jamg‘armasi mablag‘larini to‘ldirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq xorijiy valyutani sotish bo‘yicha operatsiyalarni “shu jumladan, valyuta mablag‘lari bilan amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni hisobga olgan holda amalga oshirishni davom ettiradi. Jamg‘arma mablag‘lari 2023 yilda kuniga 8,40 milliard rublni tashkil etadi", deyiladi xabarda.

Ekspertlarga ko‘ra, Rossiya hukumati rubl kursini mustahkamlash uchun hozircha hech qanday jiddiy choralar ko‘rmayapti. Avvalroq rossiyalik siyosatchilardan biri rubl kursi tushishini asosiy stavka miqdori bilan bog‘lagandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring