Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik taniqli aktyor vafot etdi

Rossiyalik taniqli aktyor vafot etdi

Aktyor, teatr rejissyori, o‘qituvchi va yozuvchi, Rossiya xalq artisti Aleksandr Shirvindt vafot etdi. Bu haqda Moskva shahar dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov xabar bergan.

«Achinarli xabar... 90 yoshida Satira teatri prezidenti, Rossiya xalq artisti Aleksandr Shirvindt vafot etdi. Rossiya teatr va kinosi tarixidagi butun bir davr uning nomi bilan bog‘liq», - deb yozadi Shaposhnikov Telegram sahifasida.

Aleksandr Shirvindt 1934-yil 19-iyulda Moskvada tug‘ilgan. 1956-yilda Shchukin nomidagi teatr maktabini tamomlagan. O‘shandan beri u teatrda, shu jumladan 1970-yildan beri - Moskva akademik satira teatrida spektakllarni sahnalashtirgan, filmlarda rol o‘ynagan, sahnada ko‘p ishlagan va Shchukin maktabida dars bergan.

U 2000-yilda Satira teatrining badiiy rahbari sifatida Valentin Pluchek o‘rnini egallagandi. 2021-yil 16-noyabrda Shirvindt bu lavozimni tark etdi va teatr prezidenti bo‘ldi.

Aleksandr Shirvindt «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordenining to‘liq sohibi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring