Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 2024-yilda har 10 ta nikoh tuzilishiga 8 ta ajrashish to‘g‘ri keldi

Rossiyada 2024-yilda har 10 ta nikoh tuzilishiga 8 ta ajrashish to‘g‘ri keldi

Illyustrativ foto

Rossiyada 2024-yilda har 10 ta nikoh tuzilishiga 8 ta ajrashish to‘g‘ri keldi. Bu haqda Forbes Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) bosh direktorining maslahatchisi Yelena Mixaylovaga asoslanib xabar berdi.

Mixaylovaning ta’kidlashicha, yangi nikohlar va ajrashishlar nisbati mamlakatda eng yomon nuqtasiga yetib keldi. Ajrashishlar ko‘rsatkichi bo‘yicha Rossiya dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Bu rasmiy nikoh instituti qadri pasayishi bilan bog‘liq trend.

«Bu bugungi kunnigina aks ettirmaydigan, uzoq muddatli trend. Fuqarolar davlatdan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov olish maqsadida oilaviy maqom yasashga urinayotganiga guvoh bo‘lyapmiz», — dedi Mixaylova.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 2020-yilda 564 704 ta ajrashish qayd etilgan. Ajrashishlar 2021-yilda — 644 209, 2022-yilda — 682 850, 2023-yilda — 683 796 taga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring