Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiya tajovuzkor harakatlarni kengaytirishga tayyorlanmoqda» — Vladimir Zelenskiy

«Rossiya tajovuzkor harakatlarni kengaytirishga tayyorlanmoqda» — Vladimir Zelenskiy

Vladimir Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan urushning yangi bosqichiga duch kelayotganini aytdi.

«Bugun urushning 800-kuni. Bu bizning davlatimiz bosib o‘tishi kerak bo‘lgan juda og‘ir va mashaqqatli yo‘l. Endi biz urushning yangi bosqichini kutmoqdamiz. Rossiya tajovuzkor harakatlarni kengaytirishga tayyorlanmoqda», — dedi prezident.

Uning ta’kidlashicha, ukrainaliklar Rossiyaning hujum rejasini barbod qilishi va dushman o‘z maqsadlariga erisha olmasligini isbotlash uchun hamma narsaga tayyor turishlari kerak.

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainaga qarshi urushda «shiddatni saqlab qolish uchun» qurol va harbiy texnika yetkazib berishni ko‘paytirish kerakligini aytgandi.

Urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari yaqin haftalarda rus qo‘shinlari sezilarli taktik yutuqlarga erishishi mumkinligini bildirishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring