Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya AQSh razvedkasi va FQB rahbariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Rossiya AQSh razvedkasi va FQB rahbariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Rossiya sakkiz nafar AQSh fuqarosining, shu jumladan, AQSh Bosh prokurori, AQSh ichki xavfsizlik vaziri va Federal qidiruv byurosi direktorining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Rossiya TIV xabarida ma’lum qilindi.

Ushbu taqiqlar AQSh ma’muriyati tomonidan Rossiya rasmiylariga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarga javoban kiritilgan.

Qayd etilishicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq yordamchisi va BMTdagi doimiy vakili Jon Bolton va Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Robert Vulsi uchun ham Rossiyaga kirish yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya hukumatining «zararli tashqi faoliyati» sabab yangi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring