Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya 13 yildan beri ilk marta o‘z zaxirasidagi oltinni sotishni boshladi

Rossiya 13 yildan beri ilk marta o‘z zaxirasidagi oltinni sotishni boshladi

Foto: «Newizv.ru»

Rossiya banki 13 yildan beri ilk marta o‘z zaxirasidagi oltinni sotishni boshladi. 2020-yil uchinchi choragida mamlakat oltin zaxirasi 1 200 kilogrammga yengillashgan.

«Finanz.ru»ga ko‘ra, neft va tabiiy gaz sotishdan keladigan valyuta daromadlari kamayib ketgani (16 yillik minimum) sababli Rossiya o‘z oltinini sotishga majbur bo‘lmoqda.

«Xalqaro valyuta jamg‘armasi statistikasiga ko‘ra, Markaziy bank 400 ming unsiya oltin yombilarini sotgan: iyul oyi boshida Rossiya oltin-valyuta zaxiralari 73,94 mln. unsiya qimmatbaho metalldan iborat bo‘lgan bo‘lsa, oktyabr oyi boshiga kelib 73,9 mln. unsiyasi qolgan», — deyiladi nashr xabarida.

Xabarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz sharoitida ko‘plab mamlakatlar o‘z oltin zaxiralarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Bunday mamlakatlar sirasida bir yo‘la o‘z oltin zaxirasining o‘ndan birini — 34,3 tonna oltin sotgan O‘zbekiston birinchi o‘rinda keltirilgan. Ikkinchi chorakda 22,3 tonna (3,8 foiz) oltinini sotgan Turkiya — ikkinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarda: Tojikiston (9,2 tonna), Filippin (7,8 tonna), Mo‘g‘uliston (2,4 tonna) va Rossiya (1,2 tonna).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring