Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasi zilzila qurbonlari uchun boshpanaga aylantirildi

Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasi zilzila qurbonlari uchun boshpanaga aylantirildi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasi mamlakatda sodir bo‘lgan yer silkinishi natijasida bosh panasiz qolgan insonlarni tekinga qabul qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchining Marokashda joylashgan mehmonxonasi to‘rt yulduzga ega. Mehmonxonada zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga oziq-ovqat, turish uchun boshpana beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan soat 03.12) da Marokashda 7 magnitudaga teng kuchli yer silkinishi ro‘y bergan edi.

Marokash ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 2012 kishiga, yaralanganlar esa 2059 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Yuz bergan zilzila mamlakatda so‘nggi 60 yil ichida sodir bo‘lgan zilzilalar ichida eng kuchlisi bo‘ldi. Fojia munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring