Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan cheklovni uzaytiradi

Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga qo‘yilgan cheklovni uzaytiradi

Qozog‘istonda neft mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olti oy muddatga uzaytirish taklif qilinmoqda.

Bu borda mamlakatning tegishli vazirlik va idorlari qo‘shma buyruq loyihasini ishlab chiqishgan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ushbu chora yoqilg‘i-moylash materiallari eksporti ustidan nazoratni kuchaytirish va Rossiya oldidagi yoqilg‘i reeksportini taqiqlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga qaratilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, ayni paytda mamlakatda aholi orasida eng xaridorgir bo‘lgan AI-92 benzini va dizel yoqilg‘isi iste’moli o‘ziga xos bo‘lmagan ravishda oshib bormoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, neft mahsulotlari bilan bog‘liq «yashirin biznes»ning oylik hajmi 10 dan 45 ming tonnagacha yetadi. Bu esa bevosita Qog‘og‘istonga qo‘shni davlatlardagi benzin va dizel yoqilg‘isining baland narxlari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston hukumati 2025-yil 1-fevraldan 2025-yil 29-martgacha xuddi shunday taqiqni e’lon qilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring