Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston parlamenti Asqar Akayevning sobiq prezident maqomini tiklashni rad etdi

Qirg‘iziston parlamenti Asqar Akayevning sobiq prezident maqomini tiklashni rad etdi

Foto: Kaznu.kz

Qirg‘iz Respublikasi parlamenti (Jo‘qorg‘u Kenesh)ning bugun, 25-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar Asqar Akayevning vaqtincha deputatlik komissiyasini tuzish va sobiq prezident maqomini tiklash to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqishdi.

Konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va parlament reglamenti qo‘mitasi raisi Cho‘lpon Sultonbekova mazkur ariza Jo‘qorg‘u Keneshga 3-sentyabr kuni kelib tushganini eslatdi.

Uning ta’kidlashicha, qo‘mita Asqar Akayevning arizasini e’tiborga olib, uni parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etgan, shuningdek, vaqtinchalik deputatlik komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi arizani rad etishni tavsiya qilgan.

«Jo‘qorg‘u Kenesh ushbu qarorni qo‘llab-quvvatladi va Asqar Akayevning vaqtinchalik deputatlik komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirishni rad etdi. Qarorning tegishli loyihasi qabul qilindi», — deyiladi Qirg‘iz Respublikasi parlamenti bayonotida.

Oddiy tilda ifodlaganda, Akayevning talabi qondirilmadi, unga sobiq prezident maqomini berishmadi.


Asqar Akayev (1944-yilda tug‘ilgan) — mustaqil Qirg‘iston tarixidagi ilk prezident. To‘rt marta (1990, 1991, 1995 va 2000) prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan. 2005-yildagi «Lolalar inqilobi»dan so‘ng prezidentlikdan iste’fo berib, Rossiyaga ketgan va Moskva Davlat universitetida faoliyat yuritgan. Fizika-matematika fanlari doktori, yadrochi-fizik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring