Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning prezidentlik muddatlari «nullashtirildi»

Putinning prezidentlik muddatlari «nullashtirildi»

Foto: EPA/UPG

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-mart kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlagandi.  

Konstitutsion sud ham «o‘zgarish»ni qonuniy deb topganidan so‘ng, Rossiyada referendum hammasini uzil-kesil hal qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Referendum o‘tkazildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 78 foizi tomonidan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish qo‘llab-quvvatlangan. 21 foiz ishtirokchi qarshi ovoz bergan. Butun Rossiya bo‘ylab ushbu siyosiy jarayonda saylovchilarning 65 foizi qatnashgan.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilgani nimani anglatadi?

Avvalo, Rossiya Federatsiyasining amaldagi prezidenti Vladimir Putinga nazariy jihatdan Kremlda yana uzoq vaqt qolish imkoniyatini beradi. Yigirma yildan beri rus davlati tepasida turgan Putin hammasini «nuldan» boshlashi mumkin: xususan, 2024-yilda ham o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘ya oladi. Ayrim ekspertlar esa Kremlning 67 yoshli rahbari Rossiya prezidenti lavozimida 2036-yilgacha qolishi mumkin deyishmoqda — o‘shanda Putin 83 yoshini qarshi olgan bo‘ladi.

Prezidentlik muddati bilan bir qatorda, konstitutsiyaga kiritilayotgan boshqa o‘zgarishlar ham borki, bular davlat rahbari, hukumat a’zolari, davlat amaldorlariga qo‘yilayotgan talablar «yangilanayotganidan» darak beradi. Bu rahbarlarning barchalari zimmasiga davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy kafolatlari yuklatiladi. Prezident vakolatlari doirasi ancha o‘zgaradi, mamlakatda hukumatning asosiy va qariyb yagona «jilovi» aynan davlat rahbari qo‘liga o‘tadi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bundan buyon federal hududlarning markaz tomonidan boshqarilishini yanada kuchaytiradi, rus tiliga mamlakatdagi asosiy til maqomini beradi. Qator idoralar vakolatlari kengaytiriladi. Rossiyadagi xalklar madaniyatlarining o‘ziga xosligi tan olinishi bilan birga, chet ellardagi vatandoshlar huquqlari himoya qilinishini ham ko‘zda tutadi. Rossiyada konstitutsiya xalqaro huquq normalaridan ustun turuvchi maqomga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring