Putinning kursdoshi muhim mansabni egalladi
![Putinning kursdoshi muhim mansabni egalladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/920__95_2137503157.jpg)
Rossiyada senatorlar prezident Putinning kursdoshini Oliy sud rahbari etib tayinladilar.
Rossiya Federatsiya Kengashi Irina Podnosovani Rossiya Oliy sudi raisi lavozimiga tayinlash uchun ovoz berdi.
Ushbu lavozimga tanlov 1989-yildan beri sudni boshqargan Vyacheslav Lebedev (o‘sha paytda u RSFSR Oliy sudi edi) shu yilning 23-fevralida vafot etganidan keyin 1 mart kuni e’lon qilingandi.
71 yoshli Podnosova Oliy sudning Iqtisodiy nizolar bo‘yicha sud kollegiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Podnosova 1975-yilda Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetini Vladimir Putin bilan birga tamomlagan. Rossiya Oliy sudiga o‘tishdan oldin u Leningrad viloyat sudi va umumiy yurisdiksiyaning ikkinchi apellyasiya sudini boshqargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter